Mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholining farovon turmush kechirishini taʼminlash, investitsiya va eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi
Buxoro shahridagi kriminogen vaziyati bir muncha og‘ir, qizil toifali "S.Ayniy" mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat hokimi rahbarligida mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi farovonligini oshirish, investitsiya va eksport salohiyatini yuksaltirish, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi ijtimoiy muammolarni hal qilish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash, bunda “mahalla yettiligi” hamkorligini taʼminlashga qaratilgan masalalar yuzasidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda "mahallabay" yondashuv asosida aholi turmush darajasini o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish pirovardida jinoyatchilikka barham berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.
Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga mahallalarda keng ko‘lamli hamda manzilli chora tadbirlarni amalga oshirish borasida galdagi vazifalar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, videokonfrensaloqa shaklida shahar-tumanlar hokimlari, daxldor masʼullar va mavjud 516 ta "mahalla yettiligi" vakillari bilan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kengashib olindi.
Yakunda mavjud muammolarni joyida o‘rganish, manzilli yechimlar ishlab chiqish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tizimli va natijador faoliyat yuritish zarurligi taʼkidlandi. Bu borada muhim chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi alohida nazoratga olindi.