Murojaat qilish tartibi

Xurmatli foydalanuvchi!

Sizdan diqqat bilan O'zbekiston Ichki Ishlar Vazirligining murojaatlarni qabul qilish va ko'rib chiqish Tartibi bilan tanishib chiqishingiz so'raladi.
Murojaatlar og'zaki, yozma, shaxsan taqdim etilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” orqali, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning virtual qabulxonasi orqali murojaat qilish mumkin.
O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqoroligi bo'lmagan shaxslar Ichki Ishlar Vazirligiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish xuquqiga ega.
Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko'rsatilishi lozim.
YUridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to'liq nomlanishi, joylashuv ma'lumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko'rsatilishi lozim. 
YOzma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo'lganda uning imzosi yuridik shaxs bo'lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo'lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo'shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.
Ko'rib chiqilmaydigan murojaatlar: yashirin murojaatlar; vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo'lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar; qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.

Agar Siz, bizning javobimizdan qoniqish hosil qilmasangiz, Ichki Ishlar Vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish xar kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha fuqarolarni qabul qilish binosida quydagi manzilda amalga oshiriladi: Toshkent shaxri YU.Radjabiy kuchasi 1 uy. Mo'ljal «Kosmonavtlar» metro bekati. SHuningdek "1102" yagona ishonch telefoni orqali qabul qilinadi.

Ichki ishlar vaziri Bobojonov Po'lat Razzaqovich qabuliga yozilish uchun Ichki ishlar Vazirligiga ariza bilan murojat qilish zarur, ariza ko'rib, o'rganib chiqilgandan so'ng qo'shimcha ma'lumot sifatida qabul qilish kuni va vaqti haqida ma'lumot beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosarlari qabulga qatnasha olmagan taqdirda ma'sul boshqarma boshliqlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish amalga oshiriladi.

Text to speech