Buxoro tumanida “Ajrim-yechim emas!” va “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas‘ulmiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bugun, 7-fevral kuni Buxoro tumani hokimligi majlislar zalida “Ajrim-yechim emas!” va “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas‘ulmiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Firuza Ibragimova, viloyat IIB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari- xotin qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i D.Sharopova, “Tadbirkor ayol” uyushmasi rahbari D.Axmedova, mahalla raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma‘naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda III bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbirda I va II bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojlik holatiga, boqimandalik kayfiyatiga kelib qolishlarining sabablari va oqibatlarini, shu bilan birga o‘z harakati va tashabbuskorligi bilan oilani kam ta‘minlanganlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojlilik holatlaridan chiqqan ayollarning ibratli faoliyatlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Bunda, tumandagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan o‘z tashabbuskorligi bilan oilasini kam ta‘minlanganlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojlilik holatlaridan chiqarishga o‘z hissasini qo‘shgan xotin-qizlarning faoliyatlariga doir ko‘rgazmalar tashkil etilib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi.
Shuningdek tadbirda xotin-qizlar ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilish, uy-joy hamda o‘z-o‘zini band qilish uchun kerakli asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilish uchun subsidiyalar olish tartibi, barcha turdagi (bola parvarishi bo‘yicha, nogironligi borlar, yoshga doir, muddatli moddiy yordamlar...) nafaqa pullari to‘g‘risida, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga uy-joy ajratilishida boshlang‘ich badalini to‘lab berishda ko‘maklashish va xotin-qizlarni kasb-hunarlarga bepul o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda kreditlar olishda ko‘maklashish borasida mas‘ul tashkilot vakillari tomonidan tushuntirishlar berildi