21 Август 2021 йил 587

Buxoro tumanida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida keng ko‘lamli tashviqot tadbirlari olib borilmoqda

Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas'ul xodimlari tomonidan tumandagi mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi, shu jumladan xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida davra suhbatlari tashkil qilindi.

Uchrashuvlar davomida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida batafsil so‘z yuritildi.

Ma’lumot o‘rnida joriy yilda Buxoro tumanida 17 nafar ayol tomonidan 19 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 3 tasi firibgarlik, 4 tasi o‘g‘rilik va 12 tasi boshqa turdagi jinoyatlarni tashkil etadi.

Text to speech