Qorovulbozor tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika nispektorlariga munosib ish sharoitlari yaratib berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevral kunidagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yana-da qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli Farmoni, 2020 yil 18 fevral kunidagi “Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4602-sonli Qarori va Davlat rahbari raisligida 2021 yil 12 fevral kuni o‘tkazilgan Ichki ishlar vazirligi Hayatining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Qorovulbozor tumanining 7 ta mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika inspektorlariga o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi faoliyatlarini samarali tashkil etish, ertayu kech mahalla dardu tashvishi bilan yashash va ish unumdorligiga erishishlari uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish maqsadida tuman hokimligi tomonidan zamonaviy kompyuter jamlanmalari va zaruriy mebel jihozlari bilan taʼminlandi.