7 January 2023 year 1734

Noqonuniy faoliyat yuritgan gaz quyish shoxobchalari aniqlandi

Energiya taʼminoti sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan qatʼiy va tizimli nazoratni kuchaytirish, qonunbuzarlik holatlarini aniqlash hamda aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish haqidagi 11.12.2022 yildagi Prezident Administratsiyasining 24-sonli bayoni hamda 23.09.2022 yildagi Vazirlar Mahkamasining 522-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyatida ham keng qamrovli amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, qish davrida aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda ko‘mir bilan uzluksiz taʼminlash, har qanday ko‘rinishdagi suiisteʼmolchiliklar va qonunbuzarlik holatlarini oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning 5 yanvardan 6 yanvarga o‘tar kechasi viloyat huquq-tartibot organlari hamda «O‘zneftgazinspeksiya» mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi ayrim metan gaz yoqilg‘i quyish shaxobchalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

Jumladan, “Dildora” MCHJ ning Vobkent tumanidagi 2 ta, “Osiyo Buxoro gaz”, “Norboyev Sherzod Yunusovich” va “Grant gaz servis” MCHJ larning Buxoro shahridagi, “Real ximik” MCHJ ning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyish shoxobchachalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida, “Dildora” va “Osiyo Buxoro gaz” MCHJ larga qarashli 3 ta shaxobchalarga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan «Avtopilot-PRO» rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud implyus turubkasi mahkamlanganda gaz o‘tish harakati pasayishi natijasida, haqiqatdan gaz diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmi sunʼiy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishilganligi aniqlandi.

Buning oqibatida, “Dildora” MCHJ ga qarashli 2 ta shaxobcha tomonidan 11,1 mlrd. so‘mlik (11.162.880 m3) hamda “Osiyo Buxoro gaz” MCHJ ga qarashli shaxobcha tomonidan 15,1 mlrd. so‘mlik (15.153.6003), jami 26,2 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon - toroj qilingan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech