11 noyabr –“Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylarning holidan xabar olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi IIVning ko‘rsatmalari hamda 11 noyabr –“Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan viloyat IIB Pensiya taʼminoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida uzoq yillar fidokorona mehnat qilib, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylarning holidan xabar olindi.
Jumladan, nafaqaxo‘rlar Jalilov Toshpo‘lot Nabiyevich, Djolshimova Aygul Kalibayevna, Razzoq Ziyadullayev, Muradova Maqsad Nematovna, Grenyova Aleksandra Petrovna, Ro‘ziyev Roziq Saidovich, To‘ra Qilichev, Samiyev Boboqul Jo‘rayevich va Homidov Xayrullo Abdullayevichlarning yashash xonadonlariga borib, ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, marhum Muxammedov Ismoil Ibragimovichning yashash xonadonida bo‘lgan masʼullar uning turmush o‘rtog‘i Fayziyeva Solixa bilan suhbatlashib, marhum faxriyning xotiralarini yodga oldilar. Ushbu oilaga ham moddiy-maʼnaviy yordam ko‘rsatildi.
Ushbu tadbirlardan faxriylarimiz minnatdor bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari va rahbarlarining mashaqqatli va masʼuliyatli ishlariga omadlar tilab qoldilar.