3 Fevral 2020 yil 3144

186 dona gugurt qutilarga joylangan giyohvandlik vositalari aniqlandi

Bojxona va DXX viloyat boshqarmalari, viloyat va Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tadbir davomida Vobkent tumanida yashovchi 55 yoshli I.Q.ning yashash uyi ko'zdan kechirilganda, uning yordamchi va yashash xonalarida jami 186 dona "spichki" yozuvli gugurt qutilarga alohida-alohida qadoqlangan holda hamda 3 dona tselofan paketlarga va 1 dona mato o'ramiga joylashtirilgan jami 3.618,43 gr.ga teng bo'lgan ko'p miqdordagi "marixuanna" giyohvandlik vositasini kelgusida o'tkazish maqsadini ko'zlab saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning uyini ko'zdan kechirish davomida hovlida mavjud ekin erida ekilgan anor butalari orasida 32 tup ta'qiqlangan "kannabis" giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda ekib, etishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 270-moddasi 1-qismibilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Text to speech