25 noyabr " Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni" doirasida Buxoroda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar.
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun talablari hamda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25 noyabr " Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan hududlarda o‘tkazilayotgan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" keng qamrovli profilaktik tadbirlari davomida Buxoro shahar IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan Ijtimoiy moslashuv reabilitatsiya markazi va Buxoro viloyat "Oydin nuri" oilani ijtimoiy himoyalash markaziga joylashtirilgan ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ushbu ayollarning manfaatlarini tiklash borasida manzilli tadbirlar amalga oshirildi.
Ular bilan profilaktik suhbat olib borilib, oilaviy nizolar natijasida zo‘ravonlikka duch kelgan ushbu ayollarga "Himoya orderi" berilib, orderning talablari va uni buzganlik uchun kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, zo‘ravonlikdan himoyalanish, uni oldini olish tartibi to‘g‘risida tushuncha berilib, huquqiy targ‘ibot bukletlari tarqatildi.