5 May 2022 yil 421

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Jondor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida joriy yilning 5-may kuni Jondor tumani “Dovud” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa mutasaddi idoralar masʼullari, ushbu mahalla hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi ishtirok etdilar.

Masʼullar tomonidan bildirilgan aholi tomarqa yerlarini sug‘orish uchun oqar suv taʼminotini yaxshilash, ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, elektr energiyasi taʼminoti bilan bog‘liq muammolar va tibbiy patronaj sifatini yaxshilash kabi 10 dan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va fuqarolarning murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi hamda murojaatlar yechimi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha tekshirish talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech