DIQQAT EʼLON... Hurmatli ota-onalar!
Ertaga, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining barcha umumtaʼlim, o‘rta-maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida bo‘lgani kabi viloyatimizdagi taʼlim dargohlarida ham yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Pandemiya sharoitida taʼlim muassasalarida anʼanaviy o‘quv jarayonlarining boshlanishi, taʼlim jarayonlarini O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim, o‘rta-maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “SOVID-19” infeksiyasining tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar borasidagi normativ hujjatlari bilan belgilab berilgan tartiblar asosida tashkil etishni, bunda masʼul rahbarlar, o‘qituvchi-murabbiylar bilan bir qatorda ota-onalar zimmasiga ham bir qator masʼuliyat belgilaydi.
Xususan, ota-onalar farzandlarini taʼlim maskaniga tibbiy niqob, antiseptik vositalari bilan borishlarini taʼminlashlari hamda oilada ham shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilishlari zarur!
Yurtimizda koronavirus kasalligi keng tarqalishining oldini olish maqsadida taʼlim tizimi o‘quvchilari hamda ularning ota-onalaridan karantin talablariga qatʼiy amal qilishlari, amaldagi qonun normalari, shifokor va mutaxassislarning tavsiyalariga qatʼiy amal qilishlarini so‘rab qolamiz!
Koronavirus infeksiyasidan himoyalanishning birdan bir yo‘li - bu ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish hamda yuz niqoblarini taqishdir.
Karantin qoidalariga rioya qiling!