3 Fevral 2020 yil 2969

Bangixona tashkil qilgan shaxs qo'lga olindi

Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbirda, Buxoro shahar O'tror aholi punktida yashovchi, yakka tartibda ishlovchi, 1984 yilda tug'ilgan K.A 2019 yil 31 oktyabr kuni soat 15:00larda Buxoro shahrida yashovchi tanishlari 34 yoshli B.H va 41 yoshli Sh.U.larni o'zi yashab kelayotgan uyiga taklif qilib, ularning o'zi tomonidan "pentalgen" tabletkasi, "dimedrol" ampulasi va boshqa mahsulotlardan in'ektsiya yo'li bilan iste'mol qilish uchun tayyorlangan (ekspertiza xulosasiga ko'ra tarkibida faol giyohvandlik vositalari va muomalasi cheklangan psixotrop moddalari bo'lgan) maxsus aralashmani iste'mol qilishlari uchun bangixona tashkil qilganligi aniqlangan. Hozirda K.A.ga nisbatan JKning 273-moddasi 4-qismi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech