27 Iyul 2024 yil 1596

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA BUXORO VILOYATI ICHKI ISHLAR ORGANLARI YoSh XODIMLARI O‘RTASIDA SPORTNING “YENGIL ATLETIKA” VA «ARMRESTLING» TURLARI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida bir qator sport turlari bo‘yicha ommaviy musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining yosh xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish orqali yosh istiqbolli kadrlarni aniqlash hamda yosh xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yana-da qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024 yilgi mavsumi alohida kalendar-rejasi ijroga qaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra bugun Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sportning “Yengil atletika” va “Armrestling” turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini yana-da mustahkamlash maqsadida, juda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqalar yakunida, g‘olib va sovrindorlar boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech