Bir kunda ikki jabrlanuvchini yashirin ravishda tunagan ayol tomonidan sodir qilingan o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi.
Gap shundaki, 2022 yilning 03 fevral kuni taxminan soat 12:00 dan 13:30 largacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma‘lum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar Afrosiyob ko‘chasida joylashgan “Markaziy dehqon bozori”da savdo sotiq ishlari bilan band bo‘lib yurgan, Buxoro tumani Chorbakr qishlog‘ida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan Markaziy dehqon bozorida sotuvchi bo‘lib ishlaydigan, H.S.ga tegishli ichida 500 AQSh dollari va 1.500.000 so‘m pullari bo‘lgan ayollar sumkasini, shuningdek, shu vaqt oralig‘ida u bilan qo‘ni rastada savdo qiluvchi Buxoro shahar Talija ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1983 yilda tug‘ilgan K.Z.ga tegishli ichida 100 AQSh dollari va 4.500.000 so‘m pullari bo‘lgan ayollar sumkasini yashirin qo‘lga kiritib, jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazgan holda o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan no‘malum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas, tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Jondor tumani M.Tarobiy mahallasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, hamshiralik kasbiga ega bo‘lgan X.D. ismli ayol sodir qilganligi aniqlanib, undan pul va boshqa ashyoviy dalilillar hujjatlashtirib olingan.
Hozirda ushbu ayolga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa shu va shunga o‘xshash jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar olib borilmoqda.