3 Noyabr 2021 yil 603

Biz oilaviy nizolarga qarshimiz !!!

Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi XPB xotin-qizlar masalasi bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi, Istiqbol mahalla fuqarolar yig‘ini oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi aʼzolari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, masʼullar bugun tumanning O‘ba Cho‘li mahallasida yashovchi U.U. va turmush o‘rtog‘i G.U. larning oilasidagi tushunmovchiliklar sababini o‘rganib, ajrim yoqasiga kelib qolgan ushbu oilani yarashtirish chora tadbirlari yuzasidan profilaktik tadbirlar amalga oshirdilar.

3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan hozirda ota uyida yashayotgan ayol va uning turmush o‘rtog‘i va boshqa oila aʼzolari bilan olib borilgan tushuntirishlar natijasida ikkala tomon murosaga kelib, bir oila bo‘lib yashashga kelishishdi.

Tadbir davomida ushbu ayolni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida G.U. ga 1 oy muddatga "Himoya orderi" rasmiylashtirib berildi.

Olib borilgan bu kabi tadbirlar davomida bir necha xuddi shu kabi oilalarning yarashib ketishiga, voyaga yetmagan farzandlarning to‘kis oila bag‘rida tarbiya topishiga erishildi.

Bu kabi ijobiy tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Text to speech