17 Noyabr 2022 yil 589

Boshqarma boshlig‘i jinoyatlar salmog‘i yuqori bo‘lgan, “qizil” toifali mahallalarda o‘rganishlar olib bordi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha joriy yilning 17-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan tezkor yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan alohida chora-tadbirlar rejasi va yo‘l xaritasi ishlab chiqilib ijroga qaratilgan edi.

Ushbu yo‘l xaritasida belgilab olingan vazifalardan biri bo‘lgan viloyat miqyosida jinoyatlar soni oshgan, kriminogen vaziyati yomonlashgan 17 ta “qizil” toifadagi mahallalar alohida ajratib olinib, ushbu mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda viloyat hamda shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining malakali va yuqori tajribaga ega bo‘lgan rahbar xodimlari mahallalar profilaktika inspektorlariga ko‘makchi sifatida biriktirildi va manzilli ishlar olib borildi.

Bugun, 17-noyabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev ushbu 17 ta alohida ajratib olingan mahallalardan yana uchtasi Buxoro tumanining “Gulshanobod” hamda Kogon shahar “Ziyokor” va Kogor tumani “Choloki” mahallalarida bo‘lib, bu yerda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Buxoro va Kogon tumanlari, Kogon shahar IIBlarining rahbar xodimlaridan biriktirilgan mutasaddilar hamda mazkur mahallalar masʼullarining hamkorlikdagi amalga oshirgan ishlarini o‘rganib, tanqidiy muhokama qildi.

O‘rganish davomida boshqarma boshlig‘i har bir mahallaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, masʼul rahbarlar va mahallalar beshligiga jinoyatlarni jilovlash, profilaktik ishlarni manzilli tashkil etish yuzasidan o‘zining qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

O‘rganish ishlari Buxoro viloyatining barcha shahar va tumanlarida belgilangan grafik asosida davom etadi

Text to speech