Bugun, "21 avgust — umumxalq xayriya hashari kuni" munosabati bilan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari maʼmuriy binolari, ularga tutash binolar va atrof mahallalarda xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi hukumatimizning tegishli farmoyishi talablari asosida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "mahallalarni obodonlashtirish" oyligi doirasida umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.
Bunda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼmuriy binolari va uning atrof hududlari, ko‘cha va xiyobonlar, hududiy ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolari va ularning atrof hududlaridagi mahallalarda suv sepilib, supirilmoqda, yovvoyi o‘t-o‘lan va chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga shakl berish va tagini yumshatish, ohak eritmasi yordamida oqlash ishlari amalga oshirilyapti.
Umumxalq xayriya hashari viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilishi davom etib unda, Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari shaxsiy namuna ko‘rsatmoqdalar.