23 Mart 2023 yil 422

Bugun, 23 mart kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahrining 3-sektoriga qarashli mahallalar “beshlik” vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Boshqarma boshlig‘i mahalla vakillariga aholidan kelib tushayotgan har bir murojaatni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, unga yechim topish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, hududlarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalladagi “beshlik” ning hamkorlikdagi ish natijalarini ham muhokama qildi.

Ushbu mahallalarda kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Text to speech