23 Noyabr 2021 yil
6164
Bugun, 23-noyabr kuni Shofirkon tumanida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda tumanning “Qayrag‘och”, “Denov” va “Kalon” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisining ichki yo‘llarga shag‘al va asfalt yotqizish, tabiiy gaz bosimini oshirish, aholi bandligini taʼminlash, tibbiy xizmat, to‘lov-shartnoma miqdorini to‘lab berish kabi masalalariga doir 10 dan ortiq murojaatlari viloyat 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, viloyat va tuman masʼullari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar bilan ishlash jarayonida asosiy eʼtibor masalaning yechimi va ularning shu joyning o‘zida ijobiy hal etilishiga qaratildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan ayrim murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.