29 May 2023 yil 318

Buxoro shahrida xonadonida fohishaxona tashkil qilgan ayol fosh etildi

Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan Q.H. ismli ayol Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonida fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

Jumladan, 2023-yil 16-may kuni soat 23:00 larda X.A. ismli erkakning R.O‘. ismli ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 400 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, “mijozlarga” uyni bo‘shatib, barcha shart-sharoitlar yaratib berib, bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech