27 Sentyabr 2022 yil 322

Buxoro viloyat 3-sektor rahbari G‘ijduvon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev viloyat hokimi va Xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida bugun, 27-sentyabr kuni G‘ijduvon tumani “Ulfatbibi” mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi va sektor rahbarlari, viloyat va tuman 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari, boshqa taalluqli idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

Qabulda ko‘tarilgan 20 dan oriq fuqarolarning turli ijtimoiy iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar masʼullariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sayyor qabulda 4 nafardan ortiq fuqarolarning yo‘llarni shag‘allashtirish mazmunidagi murojaatlari shu joyning o‘zida yechim topdi. Mahallaning taʼmirtalab ichki yo‘llariga shag‘al yotqizildi.

Ish yurituviga olingan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olinib, mutasaddilarga har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Boshqarma boshlig‘i aholi bilan muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalar, ko‘tarilgan muammolar asosida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yana-da yaxshilash, mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, asosan “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftarlariga kirgan, shuningdek ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Text to speech