11 Iyun 2022 yil 283

Buxoro viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hududlarda olib borilayotgan g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini o‘rgandi

Bugungi kunda viloyatimizda “G‘alla-2022” o‘rim-yig‘im mavsumi qizg‘in pallaga kirgan.

Mirishkor dehqonlarimiz tomonidan ne-ne mashaqqatlar bilan ekib yetishtirilgan, xalqimizning rizqi-ro‘zi bo‘lgan donni nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish, o‘rib olingan maxsulotlarni xavfsiz tashish, bunda turli talon torojliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qator manzilli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, g‘alla o‘rim kombaynlari, don tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinalari va boshqa texnikalarning talab darajasida ishlashi ham muhim jihat hisoblanadi.

Bu boradagi ishlarni yaqindan o‘rganish maqsadida bugun, 11-iyun kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev masʼullar bilan birgalikda viloyat 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon tumaniga borib, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari va don qabul qilish maskanlarida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarining to‘g‘ri tashkil qilganligi, tadbirga jalb etilgan kuch-vositalarga yaratilgan sharoitlar, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish borasida berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarga qay darajada amal qilinayotganligini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida g‘alla o‘rim-yig‘imi bilan bog‘liq muammoli masalalarni muhokama qildi.

Shuningdek, g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish va davlatga don topshirish rejasini bajarish borasidagi o‘rim-yig‘im tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkillashtirish, g‘alla hosilini talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan mas'ullarga qator ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.

Text to speech