Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7 iyul kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi kichik majlislar zalida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Ichki ishlar bo‘lim va bo‘linma boshliqlari va masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev olib borib, quyidagi masalalar:
- “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni va ushbu qonunga muvofiq ichki ishlar organlari zimmalariga yuklatilgan vazifalar;
-
“Qurbon hayiti” bayramini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq vazifalar hamda Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlashga doir vazifalar;
-
“Mahallabay” tizimi asosida hududlarda tezkor hamda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali ijtimoiy-siyosiy vaziyatga taʼsir qiluvchi omillarni, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralari
-
Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlashga doir kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar.
Bunda, ko‘rib chiqilgan har bir masala yuzasidan shahar va tumanlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul etib biriktirilgan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining boshliqlari va tegishli mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Yig‘ilish yakunida boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan barcha sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari rahbar va masʼul xodimlari qattiq ogohlantirilib, ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilishlari, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatib, qo‘l ostidagi xodimlarga shaxsiy namuna bo‘lgan holda xizmatni tashkil etishlari taʼkidlandi.