Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 8-iyul kuni Ichki ishlar boshqarmasida viloyat hokimi o‘rinbosari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari va mas'ul xodimlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, din ishlari bo‘yicha masʼul rahbarlar va taalluqli idoralar rahbarlari ishtirokida videoselektor tarzida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda “Qurbon Hayiti” bayrami munosabati bilan fuqarolarimiz tomonidan diniy amallarning xavfsiz ado etilishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, masjidlarda fuqarolar va yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish, hayit namozi vaqtida masjidlar atrofi, ko‘cha va boshqa jamoat joylari va yo‘llarda harakat ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar birma-bir muhokama qilindi.
Bunda, kun tartibi yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglanib, masʼul etib biriktirilgan sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va boshqa mutasaddilarga aniq va manzilli topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.