18 Noyabr 2022 yil 406

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i PPX batol'onida amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev viloyat IIB JXX JTSB PPX batol'onida bo‘lib, taalluqli mutasaddi rahbarlar ishtirokida xodimlar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, xodimlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan zamonaviy oshxona, yotoqxona va dam olish xonalarida yakuniga yetay deb qolgan qurilish-taʼmirlash, so‘nggi pardozlash va jihozlash ishlari, bunda yaratilayotgan qulayliklarni joyida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida boshqarma boshlig‘i batal'onda zaruriy texnika hamda boshqa vositalarning yetarliligi va mavjud muammolarni birma-bir ko‘zdan kechirib, aniqlangan masalalar yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Text to speech