12 Sentyabr 2022 yil 636

Buxoro viloyati IIBda muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 12-sentyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida «ZOOM» platformasi orqali muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va hududiy ichki ishlar organlari masʼullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov tomonidan quyidagi masalalar: jumladan joriy yilning o‘tgan 9 oyi 10 kunida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar hamda kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan choralar;

Shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama yig‘ilishida har bir masala yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, tanqidiy tahlil qilindi.

Yakunda hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, har bir sohaviy xizmatlar va hududiy ichki ishlar organlarida ijro va xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi ishlarni yana-da kuchaytirish, bunda rahbar xodimlardan shaxsiy namuna ko‘rsatishlari talab qilindi.

Text to speech