Buxoro viloyati IIBga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida jinoyatchilikni jilovlash masalalari muhokama qilindi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Qoraqalpog‘iston Respublikasining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan tuman-shaharlariga hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarini biriktirish to‘g‘risida”gi Farmoyishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tegishli farmoyishiga asosan viloyat IIB sohaviy xizmatlaridan tuzilgan ishchi guruhi To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Joriy yilning 21-24-sentyabr kunlari ishchi guruh tomonidan tumanning kriminogen vaziyati tahlil qilinib, amaliy chora-tadbirlar belgilab olingan edi.
Bugun, 24-sentyabr kuni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Erkin Safarov boshchiligida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼullar ishtirokida To‘rtko‘l tumani IIB bilan videokonferensiya tizimi orqali muhokama yig'ilishi tashkil etilib, Buxoro viloyati IIB va To‘rtko‘l tumani IIB mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashga doir kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar kelishib olindi.