Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari hamda muqaddam ichki ishlar organlarida xizmat qilib turli sabablarga ko‘ra bo‘shab ketgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib 25 ga yaqin ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq sohasiga doir murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Bu kabi qabullar tasdiqlangan reja asosida viloyat hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib boriladi.