19 Dekabr 2024 yil 2592

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi

 Lavozimlar tarkibi: Safdorlar

Eʼlon berilgan sana: 19.12.2024

Bo‘sh ish o‘rinlar soni: 60 ta

Eʼlon tugash sanasi: 18.01.2025

Maʼlumoti bo‘yicha: Oliy taʼlim bakalavriat

Lavozimi: safdorlik

 Talab etilgan bo‘y: Erkaklar uchun: 170.0 sm va undan yuqori

Jins turi: Erkak

Yosh chegarasi: 18 yoshdan kichik bo‘lmagan 30 yoshdan katta bo‘lmagan

Nomzodlar bog‘lanishi uchun telefon raqamlar: +998 90 613 52 32, +998 91 401 41 19

 Umumiy talablar:

- Sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatdan o‘tgan fuqarolar;

- Buxoro viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar.

 Talab etiladigan imtiyozlar:

- Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan fuqarolar;

- Oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan fuqarolar;

- Sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan fuqarolar;

- Talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan fuqarolar;

- Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;

- IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari.

 Tanlov tadbirlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1. Saralash bosqichi:

- Ro‘yxatdan o‘tish;

- Dastlabki o‘rganish;

- Intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional  barqarorlikni baholash;

- Test sinovi (O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarni baholash);

- Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash (kuch ishlatish mashqi-to‘sinda (turnikda) tortilish, tezlikka oid mashq-100 metrga yugurish va chidamlilikka oid mashq-3000 metrga yugurish);

2. O‘rganish bosqichi:

- Nomzodlarni xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish;

- Nomzodlarni psixofiziologik (poligraf) tekshiruvdan o‘tkazish (Ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to‘sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida).

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi va vazifalari: 

Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquq-erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarni mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2024 yil 19 dekabr kunidan 2025 yil 18 yanvar kuniga qadar kb.iiv.uz portal orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Text to speech