Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov huzurida navbatdagi tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda quyidagi masalalar:
- jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish borasida hududlarda keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbirlarning dastlabki natijalari hamda joylarda yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar;
shu jumladan:
- muqaddam sudlangan hamda probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan olib borilayotgan tezkor hamda profilaktik ishlarning ahvoli;
- 102 maxsus avtomatlashtirilgan tizimi orqali kelib tushayotgan xabarlar bilan ishlash, ayniqsa, oila turmush doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni tezkorlik bilan sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar hamda faollar ishtirokida joyiga chiqib muhokama qilish tizimining holati;
- qidiruvdagi shaxslarni ushlash, bedarak yo‘qolganlarni topish, ochilmagan jinoyatlarni fosh etish, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning profilaktikasini jadallashtirish;
-viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning “mahallabay” hamda “sohabay” muhokamasini tashkil etish;
- "E material" elektron tizimiga joylangan materiallar bo‘yicha belgilangan muddatlarda qonuniy qarorlar qabul qilinishini hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash;
- tergov sifatini oshirish, surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida qonuniylikni taʼminlash;
- maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar bilan alohida grafik asosida rahbarlar uchrashib profilaktik suhbatlar o‘tkazgan holda ularning mavjud muammolarini o‘rganish hamda hal etish;
- viloyat hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini oldini olish maqsadida tezkor hamda profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;
- "hokim va profilaktika inspektorlari uchrashuvlari"ni tashkil etish;
- profilaktika inspektorlarining mahallalarda hisobot uchrashuvlarini tashkil etish;
- viloyat 3-sektoriga qarashli Shofirkon, G‘ijduvon, Vobkent tumanlari hamda shahar va tumanlarning 3-sektorlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish, bunda har bir belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash;
- o‘tkazilayotgan shaxsiy, sayyor hamda ommaviy qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli ko‘rib chiqib, hal etish yoki natijasi yuzasidan asoslantirilgan qarorlar qabul qilinishini taʼminlash;
- «Energetika xavfsizligi oyligi» doirasida o‘tkazilayotgan tezkor hamda profilaktik tadbirlar surʼatini oshirish;
- is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush holatlarni oldini olish maqsadida, taalluqli mutasaddi idoralar vakillari, mahalla yettiligi hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbirlarini jadallashtirish;
-“Xodimbay” tizimi asosida xodimlarning mavjud muammolari, oilaviy sharoitlarini o‘rganish;
- xizmat intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash, korrupsiogen holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar ko‘rib chiqilib, hafta davomida respublikamiz hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq sodir etilgan salbiy holatlar birma bir tanqidiy tahliliy muhokama qilindi.
Ko‘tarilgan har-bir masala yuzasidan tegishli sohaviy xizmatlar masʼullari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, yil yakuniga mo‘ljallangan yo‘l xaritalarining ijrosi alohida nazoratga olindi.
Boshqarma boshlig‘i o‘z so‘zida intizom, fidoyilik bilan ish samaradorligiga erishish lozimligini alohida taʼkidladi.