22 Fevral 2024 yil 1975

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bugun, 22 fevral kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Uktam Askarov hamda tegishli sohaviy xizmat masʼullari ishtirokida viloyatda Jamoat xavfsizligi xizmati va uning quyi tizimlari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, sohaviy xizmatlar xodimlarining faoliyati, mavjud muammolar va tizimda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga qaratilgan navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanini boshqarma Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuxrat Jalolov ochib berib, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Uktam Askarov anjuman kun tartibidagi masala bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi.

Xususan, shahar-tumanlarning jinoyatchilikdagi salmog‘i, yo‘l-transport hodisalari turlari bo‘yicha muhokama etilib, oldini olish mumkin bo‘lgan hamda aniqlangan jinoyatlar shaxslar va mahallalar kesimida tahlil qilindi.

Shuningdek, Jamoat tartibini saqlash, Yo‘l harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari, Probatsiya va Karantin xizmatlarining faoliyatlari negizida “Avval – inson, keyin – jamiyat va davlat”, “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” hamda “Xavfsiz mahalla” va “Xavfsiz hudud” tamoyillari,  “Xavfsiz va ravon yo‘l”, “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi”, “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda”, “Piyoda - jamoat transporti – velotransport - avtotransport” ustuvorligi asosida xavfsiz harakatlanish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda sohada xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishni taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Taklif va mulohazalarga boy o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari, jurnalist va mustaqil blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Text to speech