15 May 2024 yil 664

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi

Bugun, joriy yilning 15 may kuni tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilishi xonasida boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov tomonidan fuqarolarning sektor va ichki ishlar organlari faoliyati hamda sud-huquq sohasiga doir murojaatlarini qabul qildi.

Qabul jarayonida 30 ga yaqin fuqarolar, yuridik shaxslar va ularning qonuniy vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, surishtiruv va tergov sohasiga doir 15 ta, ichki ishlar organlari xodimlarining hatti-harakatlari bilan bog‘liq 7 ta, sektor faoliyati va boshqa masalalarda qilingan murojaatlari tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olinib, murojaatlar yechimi yuzasidan ariza mualliflariga belgilangan muddat va talablar asosida javob xatlarining yuborilishi tushuntirildi.

Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Text to speech