8 Iyun 2024 yil 6508

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan serjantlik lavozimlarini jamlash maqsadida IIV Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovini eʼlon qiladi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “serjantlik” yo‘nalishiga 3 ta mutaxassislik (Yo‘l-patrul xizmati, pasport tizimini taʼminlash, Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati) bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun nomzodlar tanlovi 2024 yilning 01 iyun kunidan boshlanganligini maʼlum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Buxoro Akademik litseyiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Tanlov bosqichlari:

-hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

-umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

-intellektual bilim darajasini baholash;

-yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga mutaxassisliklar bo‘yicha:

1. “Yo‘l-patrul faoliyati” yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi175 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun);

2. “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishiga: oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi170 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 165 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun);

3. “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga: (sport sinovlari boshqa yo‘nalishlarga nisbatan kuchaytirilgan tarzda qabul qilinadi) o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, bo‘yi 165 smdan past bo‘lmagan (erkaklar uchun), 160 smdan past bo‘lmagan (ayollar uchun), ushbu yo‘nalishga hujjat topshiradigan nomzodlar sportning yakka kurash turlari bo‘yicha belgilangan natijalarga erishgan bo‘lishi shart;

Yoshi 18 dan kichik, 30 dan katta bo‘lmagan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi asosida harbiy xizmatni o‘tagan Buxoro viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Fakultet yo‘nalishlariga nomzodlarni oliy taʼlim muassasasini tugatgan mutaxassisligi inobatga olingan holda Ichki ishlar organlari uchun belgilangan talablar asosida qabul qilinadi.

Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:

fuqarolik pasporti; (biometrik, ID-karta);

harbiy guvohnoma asl nusxasi;

bakalavr diplomi asl nusxasi (ilovasi bilan);

Manzil: Buxoro shahar Navoiyshox ko‘chasi 6-a uy,

Mo‘ljal: IIV Buxoro akademik litseyi binosi.

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (99) 663-89-90; (91) 416-04-07, 90 613 52 32.

Text to speech