19 Dekabr 2024 yil 1166

Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunovning navbatdagi o‘rganish ishlari Shofirkon tumanida davom etdi

Bugun, viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Shofirkon tumanida bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlari, korxona va tashkilotlar hamda taʼlim muassasalarida, shuningdek, aholi xonadonlarida elektr energiyasi hamda issiqlik taʼminotining qay darajada taʼminlanganligini joyiga borib ko‘zdan kechirdi.

Viloyat hamda tuman masʼullari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida yuqorida sanab o‘tilgan obyektlarda qishki mavsumga ko‘rilgan tayyorgarlikning holati, ko‘mir zaxirasi, qozonxonalar va isitish tizimining holati, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda qo‘shimcha texnik vositalar (generator) bilan taʼminlanganlik holati birma-bir ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tumanda qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtab faoliyati ham o‘rganildi.

Jarayonda huquq-tartibot idoralari, hokimlik, kommunal-tezkor xizmatlar masʼullari hamda issiqlik energiya korxonalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Tadbir jarayonida aniqlangan barcha kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni aniqlash maqsadida tezkor hamda profilaktik tadbirlarni jadallashtirish borasida topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rganishlari Buxoro viloyatining barcha hududlarida davom yettiriladi.

Text to speech