Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ramazon oyi davrida jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir vazifalar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi
Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan yig‘ilishda Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar va Soliq boshqarmalari rahbariyati, barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼulllari va boshqa taalluqli idoralar mutasaddilari, hududiy studiyalardan ham shahar tumanlar huquq-tartibot organlari va boshqa tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etishdi.
Shig‘ilishni ochib bergan, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ikromjon Tursunov so‘zga chiqib, “Ramazon” oyi boshlanishi munosabati bilan hududlarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida ishlab chiqilgan chora tadbirlar rejasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirib, mazkur tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillar va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida etibor qaratish lozimligini takidlab o‘tdi.
Shuningdek, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan “Ramazon” oyida barcha shahar-tumanlardagi masjidlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, transport vositalarining tirbandligini oldini olish, yong‘inga qarshi texnika vositalarini yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha masʼullarning zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.