4 Iyun 2024 yil 613

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov Kinologiya bo‘linmasi Xizmat itlari Pitomnigi faoliyatini o‘rgandi

Xabaringiz bor Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Tursunov viloyat ichki ishlar boshqarmasiga qarashli bir qator sohaviy xizmatlarning tarkibiy tuzilmalariga tashrif buyurib, ish samaradorligini oshirishga doir o‘rganishlar olib bormoqda.

Shu maʼnoda bugun, boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi Xizmat itlari Pitomnigida bo‘ldi.

Hozirda Xizmat itlari pitomnigida jami 37 bosh turli zotli xizmat itlari mavjud bo‘lib, ulardan jinoyatlarni issiq izidan fosh etishda samarali foydalanib kelinmoqda.

Boshqarma boshlig‘i xizmat itlarini ko‘paytirish, tarbiyalash, ularni turli yo‘nalishlarda o‘qitish, oziq-ovqat va boshqa turdagi taʼminot bilan bog‘liq mavjud muammolarini o‘rgandi, shu bilan birga xodimlar, ularning ish sharoitlarini ham ko‘zdan kechirib, ish samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif hamda tavsiyalarini eshitdi.

O‘rganishlar yakunida, boshqarma boshlig‘i Xizmat itlari Pitomnigining yangi zamonaviy binosini qurish uchun qulay joy tanlash, qurilish loyihasi va smeta xarajatlarini ishlab chiqish yuzasidan masʼullarga manzilli topshiriqlar berdi.

Text to speech