13 Sentyabr 2024 yil 901

Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilandi.

Bu tashabbus ichki ishlar organlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan eng yaxshi rahbar xodimlarni aniqlashning har tomonlama, xolisona, oshkora mexanizmlari va mezonlarini joriy etish imkonini berayotgani bilan ham ahamiyatli bo‘lmoqda.

Mazkur tanlovda viloyat ichki ishlar boshqarmasining ayrim sohaviy xizmat va shahar-tumani IIB boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari to‘rtta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazishdi.

Test va savol-javoblar, og‘zaki suhbat jismoniy va jangovar tayyorgarlik darajalariga baho berildi.

Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra faxrli o‘rinlarni egallagan xodimlar tanlovning respublika bosqiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Text to speech