15 Mart 2024 yil 3966

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida "Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari" o‘quv yig‘inining ikkinchi bosqichiga jalb qilingan yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining 2024 yil 12 yanvardagi kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari" o‘quv yig‘inini o‘tkazilmoqda.

Bugun, 15 mart kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov, IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i podpolkovnik Sanjar Sharipov, viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov boshchiligida ushbu o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarining muammolari hamda takliflari o‘rganilib, o‘zaro muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.

Yuzma-yuz ochiq muloqotda, yoshlar tomonidan bank imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish, tayinlangan jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va boshqa ijtimoiy muammolari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Sektor rahbarlari boshchiligida o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik, yurtga daxldorlik, qonunlarga itoatkorlik xislatlarini singdirish, ularning qiziqishlari, qobiliyati, iqtidori va muammolarini o‘rangan holda kasb-hunar hamda chet tilini o‘rganishga yo‘naltirish, bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish orqali faol ijtimoiy hayot tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech