23 Yanvar 2024 yil 1623

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Buxoro shahrining kriminogen vaziyati og‘ir mahallarida jinoyatchilikning "mahallabay" muhokamasi o‘tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda jinoyatchilik holati joyida muhokama qilib borilmoqda.

Jumladan, bugun, 23 yanvar kuni jinoyatchilikning navbatdagi "mahallabay" muhokamasi Buxoro shahrining "Jo‘bor" hamda "Chorbaxosa" mahallalarida o‘tkazildi.

Muhokamalarda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘layotgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilinib, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi.

Mahallalarda kelgusida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, "xonadonbay", "oilabay" va "fuqarobay" tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, keng jamoatchilik vakillari, korxona va tashkilot hamda mahallalar masʼullariga jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtiomiy profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan ham tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, mahallalardagi muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollariga aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bilan tizimli ish olib borish kerakligi to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

Text to speech