Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik tanlovi eʼlon qilinadi
Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega IIB xodimlari, shahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishlari mumkin
Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:
Hududiy saralash bosqichi – sentyabr oyida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda taʼlim muassasalari xodimlari o‘rtasida;
Respublika bosqichi – oktyabr-noyabr oylarida hududiy saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan xodimlar o‘rtasida.
Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:
a) ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari;
targ‘ibot-tashviqot ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta va jurnallardagi maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qog‘ozi videoroligi;
v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari;
g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar bo‘yicha savol-javoblar;
psixologiya sohasi bo‘yicha savol-javoblar.
Respublika (viloyat) bosqichida g‘olib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining (viloyat Ichki ishlar boshqarmasining) diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishadi.
Bundan tashqari, tanlovning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
amaldagi intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida bekor qilish;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan mustasno);
psixologiya sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi “22 noyabr – Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladi.
Ushbu tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan IIB xodimlari 2025 yil 15 avgust kunidan 30 avgust (shu kuni ham) kuniga qadar Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘limi Psixologik taʼminlash guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun: (+998 90) 635-94-96