Buxoro viloyati ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun “Eng yaxshi psixolog” tanlovi eʼlon qilinadi
Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega IIB xodimlari, shahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishi mumkin
Tanlovni oʻtkazish bosqichlari:
Hududiy saralash bosqichi – sentabr oyida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda taʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida;
Respublika bosqichi – oktabr noyabr oylarida hududiy saralash bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida.
Tanlov quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi:
a) ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari;
targʻibot-tashviqot ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta
va jurnallardagi maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qogʻozi videoroligi;
v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari;
g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar boʻyicha savol-javoblar;
psixologiya sohasi boʻyicha savol-javoblar.
Respublika bosqichida gʻolib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishadi.
Bundan tashqari, tanlovning respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
amaldagi intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida bekor qilish;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan mustasno);
psixologiya sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi “22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan oʻtkaziladi.
Murojaat uchun: +(99890)-635-94-96