6 Fevral 2024 yil 972

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida Buxoro shahrida jinoyatchilikni oldini olish borasidagi ishlar natijadorligi yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Bunda, joriy yilning o‘tgan davrida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning sabablari tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Shuningdek, o‘tgan hisobot yilida Buxoro shahrida jinoyatchilikni oldini olish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, mahallalarda sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida masʼullarga ijrochilik intizomiga qatʼiy rioya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi kechiktirib bo‘lmas tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Boshqarma boshlig‘i boshchiligida o‘tkazilayotgan bu kabi muhokamalar Buxoro viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech