1 Mart 2024 yil 2158

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, tizimda korrupsiogen holatlarga barham berishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tomonidan Vobkent tumani ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, tizimda sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli korrupsiogen holatlarni oldini olish, murojaatlar bilan ishlashda sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik, taʼmagirlik va boshqa shunga o‘xshash salbiy holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.

Bunda, o‘tgan hisobot yili va shu yilning o‘tgan davri mobaynida tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik holatlari, ularning kelib chiqish sabablari, shart sharoitlari keng muhokama qilindi.

Kelgusida tuman IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiogen holatlarga qarshi keskin kurashishning zamonaviy usul va uslublarini joriy qilish borasida amalga oshiriladigan ishlar, xizmat intizomini buzish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini chuqur tahlillar asosida sinchkovlik bilan o‘tkazish, bu yo‘nalishdagi tekshiruvlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xizmatga sovuqqonlik bilan qarash, poraxo‘rlik va taʼmagirlik hamda boshqa shu kabi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish, ularning har qanday murojaatlari yuzasidan sansolarlikka yo‘l qo‘ymasdan, tez va sifatli tekshiruvni o‘tkazib, belgilangan tartibda huquqiy tushuntirish berish orqali murojaatning natijasini maʼlum qilishning qatʼiy talablariga rioya qilinishi yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida yuzma-yuz tarzida o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Text to speech