21 Yanvar 2024 yil
1860
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov Buxoro shahrining "Avshormahalla" mahalla binosining qurilish taʼmirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi
Boshqarma boshlig‘i jarayonda mahalla binosi hudud yuzini ifodalovchi maskan ekanligini taʼkidlab, atrofni obodonlashtirish, begona o‘tlardan tozalab bog‘ yaratish, aholiga dam olish maydonchalarini, bolajonlarga o‘yingohlarni qurish kerakligi borasida masʼullarga topshiriqlar berdi.
Mahallada faoliyat olib boruvchi “Yettilik” vakillarining har birining xonasida yetarli sharoitlarni yaratish kerakligi aytilib, tez fursatlarda zamonaviy ko‘rinishdagi mahalla binosi foydalanishga topshirish kerakligi borasida manzillari aniq ko‘rsatmalar berildi.