17 Oktyabr 2023 yil 3760

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari ishtirokida jamoatchilik bilan ishlash borasida ko‘nikmalarni oshirishga doir o‘quv seminari o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari xalq xizmatidagi, faoliyati ochiq va shaffof hamda jamiyatning deyarli barcha jabhalarida ishtirok etadigan organ hisoblanadi.

Tabiiyki, jamoatchilikning asosiy eʼtibori ham ichki ishlar organlariga qaratilgan.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan alohida o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan o‘quv seminarida Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuxrat Jalolov tomonidan ochiqlik sharoitida xizmatni qanday olib borish, ichki ishlar organlari va jamoatchilik nazorati subyektlarining o‘zaro hamkorligi qanday bo‘lishi kerakligi, axborot tarqatish jarayonida qanday huquq va majburiyatlar mavjudligi, nopok jamoatchilik vakillaridan qanday himoyalanish kerakligi xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

MMI va KBTX xodimlari tomonidan xizmat jarayonida yuqori zo‘riqishlar, stressli vaziyatlar, xizmat faoliyati davomida fuqarolar bilan muomala madaniyatiga rioya qilish yuzasidan ham tushunchalar berilib, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi amaliy o‘quv seminarlar tasdiqlangan grafik asosida barcha xizmat sohalari va shahar-tuman ichki ishlar organlarida o‘tkaziladi.

Text to speech