22 Aprel 2025 yil 508

Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining topshirig‘iga asosan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar viloyatning tuman (shahar)larida bo‘lib, hududiy Qo‘riqlash bo‘lim hamda bo‘linmalarida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.

Navbatdagi o‘rganishlar Buxoro, Peshku, Romitan hamda Vobkent tumanlari Qo‘riqlash bo‘limlarida o‘tkazildi .

Bunda, bo‘limlar maʼmuriy binolarida xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazaning holati, binolarni kapital va joriy taʼmirlash bilan bog‘liq amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha ushbu tumanlarda aynan Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan olib borilayotgan hududlardagi korxona va tashkilotlar, davlat va nodavlat muassasalar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, shuningdek, aholi xonadonlarini qo‘riqlovga olish yoki texnik qo‘riqlash pultiga topshirish, tashvish tugmalari bilan jihozlash borasidagi yo‘l xaritasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi, o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari hamda ularning natijalari ham birma bir nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan bir qator tizimli kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ijrochilik, xizmat intizomi hamda qonunchilikka to‘la rioya qilish, kundalik reja asosida xizmatni to‘g‘ri va samarali tashkil etish orqali natijadorlikka erishish borasida zaruriy ko‘rsatmalar berildi. 

Bu kabi o‘rganishlar Buxoro viloyatining barcha tuman (shahar) lari bo‘ylab davom etmoqda.

Text to speech