13 Iyul 2022 yil 930

Buxoroda tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Buxoro viloyati IIB JQB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, R,J. ismli shaxs jinoiy sherigi Sh.B. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, jinoiy guruh tuzib, Buxoro shahar G‘ijduvon ko‘chasida joylashgan “Karvon” Avtoshohbekatida 2022 yil may oyidan hozirgi kunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida shu bekatda kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarga tahdid qilib, noqonuniy pul to‘lovlarini to‘lashga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yib, 15.000 so‘mdan 500.000 so‘mgacha miqdordagi to‘lovlarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, to‘lovni amalga oshirmagan kirakashlarning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, tovlamachilik jinoyatini sodir qilib kelganligi fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan R.J. va Sh.B. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech