Buxoro davlat universitetida "Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Xotin qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim masʼul xodimlari tomonidan Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, mehnat jamoalarida gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarni jamiyatdagi mavqeyini yana-da oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari barcha taʼlim muassasalarida o‘tkazilmoqda.
Jumladan, bugun joriy yilning 15 dekabr kuni Buxoro davlat Universitetning Fizika-matematika fakultetida “Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish” mavzusida seminar trening tashkillashtirildi.
Tadbir davomida bugungi kunda dolzarb muammo bo‘lgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlari nimalardan iborat ekanligi, ularni himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish maqsadida himoya orderi berish tartibi, kimlarga va qanday holatlarda berilishi haqida ma‘lumot berildi.
Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lib,
ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis xodimlarning batafsil javoblarini oldilar.