7 Aprel 2022 yil 655

Buxoro shahar IIO FMB 1 va 3-son Ichki ishlar bo‘limlari faoliyati taftishdan o‘tkazildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijalarini o‘rganish maqsadida bugun ham viloyat markazining yana ikki bo‘limiga tashrif buyurdi.

Boshqarma boshlig‘i 7 aprel kuni Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1 va 3-son Ichki ishlar bo‘limlariga borib, ushbu bo‘limlarning maʼmuriy hududlarida birinchi chorak davomida sodir bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan bo‘limlar masʼullarining hisobotlarini tingladi.

Jinoyatlar tahlilidan kelib chiqib, hududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, kundalik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, hamkorlikda faoliyat olib boruvchi boshqa sohaviy xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik asosida tashkil etilgan patrullik guruhlarning xizmat yo‘nalishlarini kriminogen vaziyatiga qarab toifalarga ajratilgan mahallalar kesimida qayta taqsimlash, jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ariza va xabarlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, xodimlar yurituvidagi hujjatlar, hududda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida “mahallabay”, “xonadonbay”, “fuqarobay” ishlash, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish borasida manzilli topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Bundan tashqari ushbu ikkala bo‘limning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari ish faoliyatini ham tahlil qilib, bugungi kunda maʼmuriy hududda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar bilan qiziqdi.

Shuningdek, bugungi kunda viloyatimizda malakaviy amaliyot o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining bitiruvchi kurs talaba qizlari bilan ham suhbatlashib, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutlar, talaba qizlarning o‘qish bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish borasidagi fikr va mulohazalarini ham tinglab, o‘ziga qayd etgan holda takliflar ishlab chiqish yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma berdi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kurator sifatida belgilangan Ichki ishlar boshqarmasi masʼul rahbarlari, shahar IIO FMB hamda 1 va 3-soni Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlariga ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech