17 Noyabr 2021 yil 783

Buxoro shahrida avtomashina salonidan pul o‘g‘irligi jinoyati fosh etildi.

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2021 yil 28 oktyabr kuni soat 13:00 larda nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Ibn-Sino mahallasi B.Naqshband ko‘chasida joylashgan RSHTYOIM Buxoro filialining avtoturargohida qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumani Madaniyat mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan t.z. ismli ayolga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina eshigini o‘tkir tig‘li jism bilan ochib, avtomashina salonidan 4.200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Gulchorbog‘ mahallasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan H.M. ismli shaxs sodir qilganligi fosh etilgan.

Hozirda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech